Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi PQ-57-son qaroriga muvofiq, 2025 yil 28 may kuni “Jomboy Agro Star” loyiha ofisi tashkil etildi. 2025 yil 5 sentyabr kuni esa ushbu loyiha ofisi “Jomboy Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi.
“JOMBOY Agro Star” — qovun-tarvuz yetishtirish, ko‘chat tayyorlash, saralash, qadoqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya. Biz tomorqa egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda hosildorlikni oshirish va bozorga barqaror ta’minot yaratishga xizmat qilamiz.
JOMBOY Agro Star — pista, bodom va yong‘oqni yetishtirish, saralash, qadoqlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot. Kichik fermerlardan tortib yirik eksportyorlargacha — biz hamkorlarimizga barqaror ta’minot, yuqori sifat va ekologik tozalikka asoslangan mahsulot kafolatini taklif etamiz.