Yuklanmoqda...
Bog‘lanish uchun: +998 (99) 123 71 51
Agrostar logo
AGROSTAR JOMBOY

Milliy brend, marketing, mahalliy va xalqaro hamkorlik

“JOMBOY Agro Star” MCHJ O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, mahalliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish va ularni tan olingan milliy brendga aylantirish yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Bizning asosiy maqsadimiz — tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarni yuqori sifat va zamonaviy standartlar asosida qayta ishlash, saralash va qo‘shimcha qiymat berish orqali bozorga raqobatbardosh “Made in Uzbekistan” brendini yaratishdir.

Afzalliklarimiz:

Marketing xizmati

“Mirzacho'l Agro Star” marketing xizmati orqali mahsulot yetishtiruvchi va qayta ishlovchi tadbirkorlarni ichki va tashqi bozorlarda samarali ilgari surishda yaqindan yordam beradi. Biz bozor tahlillari, iste’molchi ehtiyojlarini o‘rganish va mahsulotni maqsadli segmentlarga yo‘naltirish orqali savdo hajmini oshirishga xizmat qilamiz.

Qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari:

Mahalliy va xalqaro hamkorlik

Kompaniyamiz mahalliy va xalqaro tashkilotlar, xususiy kompaniyalar, investitsiya fondlari hamda davlat muassasalari bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu hamkorliklar orqali tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga moliyaviy va texnologik yordam ko‘rsatish, ularni zamonaviy agrotexnologiyalar bilan ta’minlash hamda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

Amalga oshirilayotgan ishlar:
Buyurtma qilish